Boshqarma boshyuristkonsulti Oʻ.Shodiyev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-mart kunidagi PQ-114 sonli Qarori 14 banddan iborat boʻlib 8 ilovasi mavjud boʻlib ilovalar quyidagilardan iborat: 1-ilova. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi. 7 banddan iborat. 2-ilova. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining TASHKILIY TUZILMASI. 3-ilova. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi toʻgʻrisida Nizom. 11 bobdan 44 moddadan iborat. 4-ilova. Rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faolyatini transformatsiya qilish boʻyicha, “YOʻL XARITASI” 38-banddan iborat. 5-ilova. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024-2025-yillarda erishishi lozim boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlar (indikatorlari) 25 banddan iborat. 6-ilova. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Statisitka kengashi TARKIBI 7-ilova. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Statistika kengashi toʻgʻrisida NIZOM 5 bob 12 moddadan iborat. 8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari RO‘YXATIni belgilab bergan. Mazkur qaror statistika bilan bogʻliq jarayonlarni tartibga solishi toʻgʻrisida tushintirib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida” OʻRQ-419-sonli Qonunining maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi, korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratligi, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllanilanilishini aytdi, soʻzini davom ettirib, korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan oʻzlarining shaxsiy manfaatlarini koʻzlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatatishi, korrupsiya bu — jamiyatni turli yoʻllar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatligi, mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlarini buzilishiga olib kelishi, bozorlar faoliyatiga toʻsqinlik qilishi, hayot sifatini yomonlashtirishi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib berishini, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambagʻal boʻlishidan qatʼiy nazar, barcha mamlakatlarda uchrashini, bu zararli illatni bartaraf etish boʻyicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotganligini aytdi.
2024-yilning 27-fevral kuni qabul qilingan OʻRQ–915-son “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” Qonun mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan prezentatsiya namoyishi orqali qonunlarning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida tushintirish berib oʻtildi.
Targʻibot yigʻilishi yakunida tizim xodimlari bilan birgalikda kun tartibidagi masalalarning mazmun-mohiyati yuzasidan savol-javoblar oʻtkazildi. Kun tartibidagi targ‘ibot ishini muhokama qilib qatnashchilar