31/01/2024

🔹Bugun viloyat statistika boshqarmasi rivoji yo'lida sidqidildan xizmat qilib kelgan, atrofdagilar e'tibori, hamkasblar mehri, shogirdlar e'tirofiga sazovor bo'lgan Statistika faoliyatini tashkil etish va yig'ma-axborot tahliliy ishlari bo'limi boshlig'i o'rinbosari Rasulova Nigora Axatovnani nafaqaga kuzatmoqdamiz.

🔹Hurmatli ustoz uzoq yillar davomida olib borgan mehnat faoliyatingiz, boshqarmamiz sha'ni va obro'si uchun amalga oshirgan barcha samarali harakatlaringiz uchun tashakkur deymiz.

🔹Sizga sihat-salomatlik, uzoq umr, xonadoningizga fayz-baraka keyingi faoliyatingizda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech