Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 2025- yilning yanvar-avgust oyida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 1 292,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda qurilish ishlari hajmi 2024- yilning mos davriga nisbatan 100,1 % ni va ularning umumiy hajmdagi ulushi 0,9 % ga kamayib, 10,8 % ni tashkil etdi. Shuningdek, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 47,1 % i to‘g‘ri kelib, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2024- yilning mos davriga nisbatan 112,3 % ni tashkil etgan holda 5 651,3 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. Norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 42,1 % ni yoki 5 048,5 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 107,4% ni tashkil etdi.