Joriy yilning 15-oktabr sanasida Buxoro viloyat Statistika boshqarmasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo’jaligini ro’yxatga olish to’g’risida”gi PF-173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash va 2026-yilda o’tkazilishi rejalashtirilayotgan aholi va qishloq xo’jaligini ro’yxatga olish tadbirlarni yuqori darajada tashkil etish maqsadida tegishli mutasaddilar ishtirokida o’qiv seminari tashkil qilindi.
O’quv seminari davomida O’zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo’mitasining Demografik ko’rsatkichlarni shakllantirish bo’limi boshlig’i A.Umarov hamda Mehnat statistikasi ko’rsatkichlarini shakllantirish bo’limi boshlig’i U.Tashmuxamedov tomonidan tegishli mutasaddilar va mahalla “yettiligi” uchun jarayonlarni tashkil qilish davomida zarur bo’ladigan barcha ma’lumot va ko’rsatmalar berilib ishtirokchilarning mavzu yuzasidagi savollariga atroflicha javob berildi.
Ushbu seminar mas’ul xodimlarning tadbir oldi tayyorgarliklarini yanada yuqori darajaga olib chiqish va yaqinlashib kelayotgan jarayon borasida yakuniy xulosalarni shakllantirish uchun xizmat qildi.