So'nggi yangiliklar

2023-yilning yanvar-iyul oylarida tashish va saqlash sohasida 2 578 ta yangi korxona ...

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida markazlashgan moliyalashtirish...

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 47,1 %ni tashkil etdi.

Xizmatlar sohasining YAHM tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida (61,0 %), eng kichik ko‘rsatkich esa Navoiy (13,5 %) va Toshkent (26,7 %) viloyatlarida kuzatildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 714,0 tonna mayonez ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 15,1 % ga oshgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning iyun oyida yirik korxonalar tomonidan 101,6 tonna mayonez ishlab chiqarildi.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-iyun oyida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 46 283 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Buxoro viloyatida 2023- yil yanvar-iyun oylarida avtomobil transporti orqali yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 74,5 %ni tashkil etdi.

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yillarning tegishli davrlarida:

 

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 6,5 % ni tashkil etdi.

Qurilishning YAHM tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasi (9,7 %) va Buxoro viloyatida (9,5 %) kuzatildi. Qurilishning YAHM tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng kichik ko‘rsatkich Navoiy (3,6 %) va Andijon (5,7 %) viloyatlarida qayd etildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali jami 36,3 mln. tonna asosiy turdagi yuklar joʻnatilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan yuk joʻnatish hajmi 0,3 mln. tonnaga oʻsishi kuzatildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 241,3 tonna saryogʻ ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,5 martaga oshgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning iyun oyida yirik korxonalar tomonidan 39,9 tonna saryogʻ ishlab chiqarildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 98 614 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Shundan, shahar joylarda – 49 859 ta; qishloq joylarda – 48 755 ta.

Respublikamizda 2023-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 67 220 tani tashkil etdi.

So’nggi besh yilning mos davrlarida ushbu sohada ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni quyidagicha:

2023-yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 61,9 %ni, transfertlardan olingan daromadlar 28,5 %ni hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 9,6 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha jami 25 846,7 tonna pilla yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 106,7 %ni tashkil etdi.

Pilla yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Samarqand viloyati (12,9 %) hissasiga toʻgʻri keldi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 26,3 % ni tashkil etdi.

Sanoat tarmog‘ining YAHM tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Navoiy (71,6 %) va Toshkent (48,0 %) viloyatlarida kuzatildi.

Sanoatning eng kichik ulushi esa Surxondaryo (6,4 %), Xorazm (15,7 %) va Namangan (15,9 %) viloyatlarida qayd etildi.

2023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari soni 41 849 ta bo‘lib, jami tadbirkorlik subyektlarining 7,0 %ini (soni 599 644 ta) tashkil etdi.

So’nggi besh yilning mos davrlarida ushbu sohada ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni quyidagicha:

2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha jami 46,5 ming tonna baliq ovlandi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 111,6 % ni tashkil etdi.

Ovlangan baliq umumiy hajmining eng yuqori ulushi Xorazm viloyati (16,5 %) hissasiga toʻgʻri keldi.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 20,1 % ni tashkil etdi.

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Surxondaryo(46,6 %) va Jizzax (40,2 %) viloyatlarida kuzatildi.