13/03/2024

Yigʻilishni ochiqligini eʼlon qilib, boshqarma boshligʻi U.Djumanazarov soʻzga chiqdi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-mart kunidagi PQ-114 sonli Qarori qabul qilinganligini mazkur Qaror asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida qabul qilingan boʻlib  statistika tizimida  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  2023-yil 11-sentabrdagi ““Oʻzbekiston-2030” Strategiyasi toʻgʻrisida”gi” PF-158-son Farmoni va  “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ–300-son qarori mazmun-mohiyati va viloyati statistika tizimi oldidagi ustuvor vazifalar toʻgʻrisida qisqacha tushuntirish berdi.

Boshqarma boshyuristkonsulti Oʻ.Shodiyev Buxoro viloyati Statistika boshqarmasida xodimlarningi huquqiy  savodxonligini oshirish qabul qilinayotgan yangi qonunlar bilan tanishtirish maqsadida oʻquv seminar mashgʻulotida soʻzga chiqdi.

Yigʻilishda “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish va uning maqsadli koʻrsatkichlariga erishish barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida eng ustuvor vazifa etib belgilanligi hamda bu boʻyicha ularning birinchi rahbarlariga shaxsiy masʼuliyat yuklatilganligi yuzasidan alohida toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida” OʻRQ-419-sonli Qonunining maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi, korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratligi, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllanilanilishini aytdi, soʻzini davom ettirib, korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan oʻzlarining shaxsiy manfaatlarini koʻzlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatatishi, korrupsiya bu — jamiyatni turli yoʻllar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatligi, mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlarini buzilishiga olib kelishi, bozorlar faoliyatiga toʻsqinlik qilishi, hayot sifatini yomonlashtirishi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib berishini, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambagʻal boʻlishidan qatʼiy nazar, barcha mamlakatlarda uchrashini, bu zararli illatni bartaraf etish boʻyicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan boʻlsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayotganligini aytib oʻtdi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech