08/04/2026

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 207,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 219,9 ming tonna meva-sabzavotlar eksport qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 27,1 ming tonnaga yokki 14 foizga oshgan.

Ularning tarkibi quyidagicha:

sabzavotlar – 87,9 ming tonna;

meva va rezavorlar – 56,5 ming tonna;

mosh – 11,8 ming tonna;

yeryong‘oq va yong‘oqlar – 5 ming tonna;

tarvuz va qovun – 0,2 ming tonna;

boshqalar – 58,5 ming tonna.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech