18/12/2023

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi U.Djumanazarov  2017-yil 3-yanvar kunida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining 419-sonli Korrupsiyaga qarshi kurash toʻgʻrsidagi  qonun hamda Oʻzbekiston hamda Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 829-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 3-bandiga asosan  korrupsiyaga oid maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida boshqarma xodimlari mustaqil ravishda yana bir tanishib chiqishlari lozimligini va ushbu qonunning asosiy prinsiplari qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustunvorligi, ochiqlik va shaffoflik, tizimlilik davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlari ustuvorligi va javobgarlikning muqarrarligini bayon qildi.

Boshqarma bosh yuristkonsulti Oʻ.Shodiyev  “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-419-sonli qonunida belgilangan talablar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida  yigʻilish qatnashchilariga tushunchalar berib korrupsiya — shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish; korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega boʻlgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish; manfaatlar toʻqnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatayotgan yoxud taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyat ekanligini  tushintirib oʻtdi.

Shuningdek, Oʻzbek tilida ish yuritish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, davlat tilida ish yuritish, qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirib Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror bilan 1995- yil  21-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining 1989- yil 21- oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritib, tasdiqlangan yangi tahrirdagi qonun 24 moddadan iborat deb xodimlar mazkur qonun bilan individual tarzda tanishib chiqishlarini, yoziladigan hujjat va xatlarni mazmuni imlolar toʻgʻriligiga sinchkovlik bilan eʼtibor berishlarini taʼkidladi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech