19/10/2023

21-oktabr – yurtimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. Buxoro viloyati statistika boshqarmasida O‘zbek tili bayrami munosabati bilan madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur madaniy-ma'rifiy uchrashuvga Buxoro davlat Universiteti O‘zbek til shunoslik va jurnalistika kafedrasi professori Qilichyev Bayramali Ergashyevich taklif etildi.

Tadbirda mehmon ishtirokchilarni O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy tabriklab, o‘zbek tilining boy tarixi, xususan, Mahmud Qoshg`ariy, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Abdulla Qodiriy, Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi buyuk bobokalonlarimizning ona tilimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘z yuritdi.

Boshqarmaning Boshyuristkonsulti O’tkirjon Shodiyev boshqarmada o‘zbek tilida ish yuritish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, davlat tilida ish yuritish, qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror bilan 1995- yil 21- dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining 1989- yil 21- oktabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritib, tasdiqlangan yangi tahrirdagi qonun 24 moddadan iborat bo‘lib O‘zbek tilining O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilab berilganligi to’g’risida va “Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida” 2017- yil 3- yanvar kunidagi O'RQ-419-sonli qabul qilingan qonun, shunindek O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31- dekabrdagi 829-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 3-bandiga asosan  Korrupsiyaga oid ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risida to’xtalib o’tdi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech