Buxoro viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2026-yil 1-avgust holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 2 211 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 40 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 2 171 tani tashkil qildi.
Viloyat bo‘yicha 2026-yilning yanvar-iyul oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 12 954,4 mlrd so‘mni tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 13,9 % ga o‘sdi.




