21/09/2023

Kogon tuman 4 IDUM o‘qituvchilari ishtirokida aholini ro‘yxatga olish mavzusida davra suhbati o‘tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarorining mazmun-mohiyati va puxta tayyorgarlik ko‘rish haqida batafsil tushuntirishlar berdi.

 

Ta’kidlandiki, Ro‘yxatga olishning an’anaviy ta’rifi uning asosiy tamoyillari, ro‘yxatga olishning shaxsiyligi, bir vaqtdaliligi, ko‘p tomonlamaligi va belgilangan davriyligiga asoslanadi. Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish muddati ichida yashash joyida hozir bo‘lmagan yoki voyaga yetmagan shaxslar bo‘lgan respondentlar to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar uy xo‘jaligining voyaga yetgan a’zolari tomonidan ma’lum qilinadi.

 

O‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslar to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar ularning vasiylari yoki homiylari tomonidan ma’lum qilinadi. Ro‘yxatga olish jarayonlarida shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish axborot xavfsizligini ta’minlash talablarini hisobga olgan holda axbrot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali ham amalga oshirilishi mumkin.

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech