Joriy yilning 8-sentabr kuni Buxoro viloyati Romitan tumanida Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi tomonidan Romitan tumanidagi 1-son umumiy o‘rta talim maktabida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “Umumta’lim muassasalarining 1-umumta’lim statistika hisoboti”ni to‘ldirish va topshirish tartibi, hisobotlarni shakllantirishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolar hamda ularning oldini olish masalalari muhokama qilindi. Seminarda D.Jurayeva tomonidan hisobot shaklini to‘g‘ri va sifatli to‘ldirish bo‘yicha tushuntirishlar berilib, o‘quvchilar va pedagoglar tarkibi, sinflar, ta’lim tillari, chet tillarini o‘rganish, kompyuter va AKT bilan ta’minlanganlik hamda ta’lim muassasalari infratuzilmasi bo‘yicha ma’lumotlarni aks ettirish tartibi ko‘rib chiqildi.







