Joriy yilning yanvar-iyul oylari natijalariga koʻra, huquq va buxgalterlik hisobi sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 660,3 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 120,1 % ni tashkil etdi.
Ushbu yoʻnalishda koʻrsatilgan xizmatlar hajmining asosiy qismi Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri kelib, jami hajmdagi ulushi 81,1 % yoki 535,7 mlrd. soʻmni tashkil etdi.
Hududlar kesimida huquqshunoslar va hisobchilar xizmatlari hajmi, mlrd. soʻm:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 7,1
Andijon viloyati – 8,4
Buxoro viloyati –9,3
Jizzax viloyati – 3,5
Qashqadaryo viloyati – 10,5
Navoiy viloyati – 6,0
Namangan viloyati – 9,3
Samarqand viloyati – 18,4
Surxondaryo viloyati – 3,0
Sirdaryo viloyati – 2,9
Toshkent viloyati – 21,8
Fargʻona viloyati – 15,2
Xorazm viloyati – 9,2
Toshkent shahri – 535,7