Barqaror rivojlanish yechimlari tarmogʻi (SDSN) va xalqaro ekspertlar tomonidan 2023-yilda eʼlon qilingan BRM (SDG index) reytingida Oʻzbekiston 71,1 indeks bilan 166 ta mamlakat orasida 69 oʻrinni egalladi.
Bu natija 2022-yilga nisbatan 8 pogʻonaga oshgan. 2022-yilda Oʻzbekiston 69,9 indeks bilan 77 oʻrinda qayd etilgan edi.
2023-yilgi SDG index hisobotiga koʻra, Oʻzbekistonda Barqaror rivojlanishning quyidagi 10 ta maqsadlari boʻyicha koʻrsatkichlarida ijobiy oʻsish qayd etilgan:
— mamlakatda kambagʻallikni qisqartirish;
— sogʻliq saqlash va farovonlikni taʼminlash;
— sifatli taʼlim bilan taʼminlash;
— gender tengligiga erishish;
— toza suv va sanitariya;
— sanoatlashtirish, innovatsiya va infratuzilma;
— shahar va aholi punktlarini barqaror rivojlantirish;
— iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish;
— tinchlik, adolat va samarali boshqaruv;
— barqaror taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlik.