2023-yilning yanvar-mart oylarida Buxoro viloyatida 2,4 trln. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi. Ulardan 259,0 mlrd. so‘m O’zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar, 2,1 trln. so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar, 34,6 mlrd. so‘m boshqa xorijiy investitsiyalarni tashkil etdi.