2023-yilning yanvar-fevral oylarida moliyaviy xizmatlar umumiy hajmida sugʻurta va nafaqa taʼminoti boʻyicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlarning ulushi 89,6 % ni tashkil etdi. Sugʻurta xizmatlarining ulushi 6,1 % oraligʻida qayd etildi. Moliyaviy va sugʻurtalash xizmatlariga nisbatan yordamchi xizmatlarning ulushi umumiy hajmning 4,3 % ini tashkil etdi.