2023-yil yanvar oyida ijara xizmatlari 484,9 mlrd. soʻmga yetib, jami koʻrsatilgan xizmatlar hajmida ularning ulushi 1,6 % ni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 102,1 % ni tashkil etgan. Ushbu xizmat turi boʻyicha yuqori oʻsish surʼatlari Toshkent shahri (110,5 %), Samarqand (102,7 %), Toshkent (101,6 %), Buxoro (101,0 %) va Qashqadaryo (100,0 %) viloyatlarida kuzatildi.