Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasida mehnat resurslari soni 19 494,6 ming kishini tashkil etgan.
Respublikamiz hududlari orasida eng koʻp mehnat resurslari Samarqand viloyatiga toʻgʻri kelgan hamda respublikadagi jami mehnat resurslari soniga nisbatan ulushi 11,1 foizni tashkil etgan.
Respublikamiz hududlari boʻyicha mehnat resurslari sonining taqsimoti quyidagicha:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 1 074,6 ming kishi
Andijon – 1 777,9 ming kishi
Buxoro – 1 073,4 ming kishi
Jizzax – 791,1 ming kishi
Qashqadaryo – 1 819,3 ming kishi
Navoiy – 570,2 ming kishi
Namangan – 1 592,8 ming kishi
Samarqand – 2 160,4 ming kishi
Surxondaryo – 1 469 ming kishi
Sirdaryo – 487,2 ming kishi
Toshkent – 1 616,3 ming kishi
Fargʻona – 2 095,5 ming kishi
Xorazm – 1 050,1 ming kishi
Toshkent sh. – 1 916,8 ming kishi