21/02/2023

O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 3-yanvar kunidagi O‘RQ-419-sonli  “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan talab vazifalarni Davlat statistika qo‘mitasi tizimida ijrosini ta’minlash bo‘yicha viloyat hokimi, korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi raisi B.Zaripov tomonidan 2022-yil 8-oktabr kuni tasdiqlangan 1\6581-19-sonli  2022- yil oktabr-dekabr oylarida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida targ‘ibot tadbilarini o‘tkazish jadvaliga asosan viloyat statistika boshqarmasida o‘tkazilgan seminar yigilishini statistika boshqarmasi birinchi o‘rinbosari Sh.U.Yusupov  jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha  o‘z fikr va mulohazalarini bayon qilib o‘quv mashg‘ulotini ochib berdi.

 

Viloyat statistika boshqarmasining boshlig‘ining o‘rinbosari K.R.Kamolov so‘zga chiqib “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” 2016- yil 24-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan, 2016- yil 13-dekabrda Senat tomonidan ma’qullangan 2017-  yil 3-yanvar kunida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan imzonlangan O‘RQ-419-sonli qonuni qabul qilingan va ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirganligini bayon qildi.

 

Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi yetakchi maslahatchisi Rahmonov Behzod Baxshilloyevich Hukumatimiz tomonidan vatanimizning ravnaqi, xalqimizning faravonligiga, iqtisodiyotimizning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan qator sohalarning oqsashiga, qolaversa yurtimiz rahbariyati va qator fuqarolarimizning o‘rinli e’tirozlariga sababchi bo‘layotgan korrupsiya degan isqirt illat bunday ko‘rinishdagi qonunbuzarliklarning har qanday ko‘rinishidagi faoliyatiga chek qo‘yib ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlar to‘liq o‘rganib ularga barham berish maqsadida mazkur qonun o‘z vaqtida juda to‘g‘ri qabul qilinganligini aytdi.

 

Viloyat IIB JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi katta tekor vakili mayor Ochilov Jahongir Hamidovich so‘zga chiqib “Korrupsiya” so‘zining kelib chiqish tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ushbu termin lotincha “corruption” so‘zidan olingan bo‘lib pora evaziga og‘dirib olish, poraga sotilish, aynish, chirish kabi ma’nolarni anglatishini bayon qildi.

 

 

Xodimlar tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi  qonuni bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan onlayn tarzda murojaat qilishlari mumkinligi bildirildi. Xulosa o‘rnida Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha

yakuniy fikr va mulohazalar bildirildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech