Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 2 983,5 ming tonna meva yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 104,6 % ni tashkil etdi.
Meva yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Andijon viloyati (22,9 %) hissasiga toʻgʻri keldi. Shu bilan birga, Fargʻona (12,9 %), Samarqand (12,4 %) va Namangan (11,0 %) viloyatlarida ham meva yetishtirishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etildi.