Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga Respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda parrandalar soni 97,3 mln. boshga yetdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan 5,8 %ga koʻpaydi.
Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlillar, parrandalar umumiy sonining 52,9 %i – dehqon va tomorqa xoʻjaliklari, 30,6 %i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar, 16,5 %i – fermer xoʻjaliklari hissasiga toʻgʻri kelganligini koʻrsatmoqda.