2022/2023- o‘quv yili boshiga umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni jami 6 461,7 ming nafarni tashkil etdi. Shundan, 5-9 sinf o‘quvchilari 3 064,4 ming nafarni yoki jamiga nisbatan 47,4 % ni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2021/2022- o‘quv yili bilan taqqoslaganda, 67,2 ming nafarga ko‘paydi.
Hududlar bo‘yicha 5-9 sinf o‘quvchilari soni:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 173,3 ming nafar
Andijon viloyati - 288,7 ming nafar
Buxoro viloyati - 155,9 ming nafar
Jizzax viloyati - 126,5 ming nafar
Qashqadaryo viloyati - 302,8 ming nafar
Navoiy viloyati - 88,4 ming nafar
Namangan viloyati - 253,0 ming nafar
Samarqand viloyati - 360,3 ming nafar
Surxondaryo viloyati - 241,1 ming nafar
Sirdaryo viloyati - 78,3 ming nafar
Toshkent viloyati - 252,9 ming nafar
Farg‘ona viloyati - 328,9 ming nafar
Xorazm viloyati - 175,6 ming nafar
Toshkent shahri - 238,7 ming nafar