03/02/2023

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 11 629,4 ming tonna sut yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 103,2 % ni tashkil etdi.

Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilinganda, yetishtirilgan sut umumiy hajmining 93,4 % i – dehqon va tomorqa xoʻjaliklariga, 5,4 % i fermer xoʻjaliklariga, 1,2 % i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelganligini koʻrsatmoqda.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech