2022-yilning yanvar-dekabr oylarida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar tarkibida O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan investitsiyalarning hajmi 15,2 trln. so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan investitsiyalarning jami asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi 2021-yildagi ko`rsatkichga nisbatan 2 % punktga kamaygan holda 5,6 % darajasida qayd etildi.