2023- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 98 805 tani tashkil etib, jami korxonalarning (592 371 ta) 16,7 foiz ulushi sanoat korxonalariga to‘g‘ri kelib, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 97 911 tani tashkil etdi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha:
Toshkent shahrida – 16 779 ta
Farg‘ona viloyatida – 11 058 ta
Toshkent viloyatida – 9 998 ta
Andijon viloyatida – 9 887 ta
Samarqand viloyatida – 8 854 ta
Namangan viloyatida – 7 888 ta
Qashqadaryo viloyatida – 5 605 ta
Buxoro viloyatida – 5 089 ta
Surxondaryo viloyada – 4 853 ta
Xorazm viloyatida – 4 794 ta
Jizzax viloyatida – 4 080 ta
Navoiy viloyatida – 3 985 ta
Qoraqalpog‘iston R. – 3 633 ta
Sirdaryo viloyatida – 2 302 ta