2022- yilning yanvar-noyabr oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 13 301,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 121,9 % ni tashkil etdi.
Ushbu xizmatlar bo‘yicha eng yuqori o‘sish Andijon viloyatida qayd etildi – 29,3 %.
Taqqoslash uchun: 2021- yil yanvar-noyabr oylarida bu ko‘rsatkich 10 833,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish 15,5 % darajasida qayd etilgan.
Hududlar kesimida telekommunikatsiya xizmatlarining o‘sish sur’atlari:
O‘zbekiston Respublikasi - 121,9 %
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 120,5 %
Andijon – 129,3 %
Buxoro - 123,0 %
Jizzax - 127,0 %
Qashqadaryo - 125,6 %
Navoiy - 121,5 %
Namangan - 126,9 %
Samarqand - 125,4 %
Surxondaryo - 128,6 %
Sirdaryo - 124,7 %
Toshkent - 128,6 %
Farg‘ona - 126,5 %
Xorazm - 124,4 %
Toshkent shahri - 117,1 %.