2023- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda 15 801 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Ularning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 512 taga oshgan bo‘lib, eng ko‘p miqdori quyidagi davlatlarga to‘g‘ri keldi:
Rossiya – 3 156 ta
Turkiya – 2 204 ta
Xitoy – 2 141 ta
Qozog‘iston – 1 258 ta
Janubiy Koreya – 930 ta
Bundan tashqari 2022- yilda xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalarning soni esa quyidagi ko‘rinishda aks etdi:
Rossiya – 967 ta
Turkiya – 369 ta
Xitoy – 275 ta
Qozog‘iston – 195 ta
Janubiy Koreya – 92 ta