2022- yil yanvar-sentabr yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 13 382,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 3,4 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda yalpi hududiy mahsulot (YAHM) tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 43,1 % ga yetdi va 2018- yilning mos davriga nisbatan 6,0 foiz punktga kamaydi.