O‘zbekiston 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida 16 ta davlatga qiymati 33,2 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 135,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.
Qovun va tarvuz eksporti hajmi 2021 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 53,8 ming tonnaga ko‘paygan.
O‘zbekiston 2022- yilning 11 oyida eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:
Qozog‘iston – 58,2 ming tonna
Rossiya – 28,1 ming tonna
Qirg‘iz R. – 27,2 ming tonna
Tojikiston – 14,5 ming tonna
Latviya – 2,8 ming tonna
Belarus – 2,4 ming tonna
Germaniya – 868 tonna
Polsha – 684 tonna