2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyatida YAHM 32 581,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabri bilan taqqoslaganda 4,8 % ga o‘sdi. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,4 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 43,1 %), sanoatda 106,6 % (18,0 %), qurilishda 101,2 % (8,5 %) va xizmatlarda 106,6 % (30,4 %)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAHM 3,2 % ga o‘sdi va 16 385,0 ming so‘mni tashkil etdi.