2022- yil yanvar- avgust oylarida O‘zbekiston Respublikasida bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining 67,8 % i yoki 55361,3 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.