2022- yilning yanvar-iyun oylarida Buxoro viloyatida jami 12,2 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning texnologik tarkibida qurilish-montaj ishlari bo‘yicha 5973,3 mlrd. so‘m o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 49,1 % ni tashkil etdi, mashina, uskunalar va jihozlarni xarid qilishga 5656,1 mlrd. so‘m (jami investitsiyalardagi ulushi 46,3 % i) va boshqa xarajatlarga 547,7 mlrd. so‘m (jami investitsiyalardagi ulushi 4,6 % i) investitsiyalar o‘zlashtirilgan.