16/09/2022

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 46,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1 499 dona elektromobillar import qilgan.

Joriy yilda elektromobillar importi 2021 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1 003 donaga koʻpaygan.

Oʻzbekiston joriy yilning  yanvar- avgust oylarida mobaynida eng koʻp elektromobillar import qilingan davlatlar:

 — Xitoy – 1,3 ming dona
— BAA – 110 dona
— Germaniya – 34 dona

— Gonkong – 30 dona
— Boshqa davlatlar– 19 dona

Tugmani bosing Tinglash GSpeech