13/09/2022

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Buxoro viloyatida jami 12,2 trln.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan moliyalashtirilgan investitsiyalarning ulushi 58,8 % ni tashkil etib, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi.

Shuningdek, korxona va tshkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan 19,7 %, aholi mablag‘lari hisobidan 11,3 %, tijorat bank kreditlari va boshqa tashkilotlarning qarz mablag‘lari hisobidan 6,8 %, Respublika budjeti hisobidan 3,0 % va Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 0,4 % investitsiyalar moliyalashtirildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech