Oʻzbekiston Respublikasida 2021-yil yakunlariga koʻra jami 3,5 mln. dona bamperlar va ularning qismlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha soʻnggi 5 yil davomida eng yuqori koʻrsatkich 2020-yilda qayd etilgan boʻlib 4,2 mln. donani tashkil etgan.
Xususan:
2017-yil 1,3 mln dona, oʻsish surʼati 168,5 %;
2018-yil 2,5 mln dona, oʻsish surʼati 191,4 %;
2019-yil 3,0 mln dona, oʻsish surʼati 118,6 %;
2020-yil 4,2 mln dona, oʻsish surʼati 141,8 %;
2021-yil 3,5 mln dona, oʻsish surʼati 83,2 %;
Shuningdek, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 2,7 mln. dona Bamperlar va ularning qismlari ishlab chiqarilgan.