2022- yilnig yanvar-iyun oylarida bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurish bo`yicha amalga oshirildi. Respublika bo`yicha bajarilgan jami qurilish ishlarining 69,0 % i yoki 41619,5 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratildi.