2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 160,6 trln. soʻmni tashkil etdi. Bu esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 14,5 % ga koʻp demakdir.
Jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmida Toshkent shahrining ulushi 37,7 %ni tashkil etib (60,6 trln. soʻm), bu esa derli 9 ta hudud (Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo va Fargʻona viloyatlari ulushi 37,8 %) tomonidan koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmiga tengdir.