Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yil 1-yanvar holatiga turistik firma va tashkilotlar tomonidan 147 686 ta sayyohlik yoʻllanmalari sotilgan.
Sotilgan yoʻllanmalarning 146 180 tasi fuqarolar (jismoniy shaxslar) hissasiga toʻgʻri keladi.
shundan:
Oʻzbekiston hududi boʻyicha Oʻzbekiston fuqarolariga – 117 268 ta;
Chet el mamlakatlari boʻyicha Oʻzbekiston fuqarolariga – 7 843 ta;
ulardan MDH mamlakatlari boʻyicha – 627 ta;
Oʻzbekiston hududi boʻyicha MDH fuqarolariga – 17 071 ta;
Oʻzbekiston hududi boʻyicha boshqa chet el mamlakatlari (MDH mamlakatlaridan tashqari) fuqarolariga – 3998 ta sayyohlik yoʻllanmalar sotilgan.