Buxoro viloyat statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari To‘qimachi MFY ga Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining 2020- yil 16- martdagi qonuni qabul qilingani to‘g‘risda targ‘ibot tashviqot ishlarini o‘tkazishdi.
Qonun 5-bob 31-moddadan iborat. 1-bob 11-moddadan iborat bo‘lib umumiy qoidalar ya’ni ushbu qonuning maqsadi, aholini ro‘yxatga olish qonun xujjatlari, 3-moddasi asosiy tushunchalar bo‘lib ro‘yxatga olish sanasi, respondentlar, ro‘yxatga olish varag‘i, xujjatlari, xodimlari, uy xo‘jaligi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
4-moddasi aholini ro‘yxatga olishning asosiy maqsadi. 5-moddasi aholini ro‘yxatga olishning vazifalari. 6-moddasi asosiy prinsiplar- davriylik, umumiylik va bir paytdalik, ro‘yxatga olishning yakka tartibdaligi, shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi, aholini ro‘yxatga olishni boshqarishning markazlashtirilganligi. Keyingi 5 ta modda xar bir prinsip to‘g‘risida tushuncha berib o‘tilgan. 2-bob 7 – moddadan iborat ya’ni 12-18-moddalarni o‘z ichiga oladi. Bunda aholini ro‘yxatga olish sohasini tartibga solish to‘g‘risida- Vazirlar Mahkamasining aholini ro‘yxatga olish sohasidagi vakolatlari. Respublika kamissiyasi,vakolatli davlat organlari,mahalliy davlat xokimiyat organlarining vakolatlari,ommaviy axborot vositalarining ishtirok etishi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berilgan. 3-bob 2-moddadan 19-20 moddalardan iborat. Bunda respondentlarning huquqva majburiyatlari va ro‘yxatga oluvchi xodimlarning huquq va majburiyatlari. 4-bob 6-moddadan iborat, 21-26 –moddalarni o‘z ichiga oladi. Bu bobda aholini ro‘yxatga olish dasturi, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish, shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish tartibi, aholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, ro‘yxatga olishning yakuniy ma’lumotlari, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish.
5-bob 5-modda yaeni 27-31- moddalarni o‘z ichiga oladi. Bu bobda yakunlovchi qoidalar, nizolarni hal etish, qonun xujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik, qonuning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash, qonun xujjatlarini ushbu qonunga muvofiqlashtirish, ushbu qonuning kuchga kirishi to‘g‘risida batafsil yozilgan.
Matbuot xizmati