13/05/2022

2022- yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga 21 ta xorijiy davlatdan qiymati 3,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2,2 ming tonna baliq va dengiz mahsulotlari import qilingan.

Baliq va dengiz mahsulotlari importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 752 tonnaga oshgan.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston eng koʻp baliq va dengiz mahsulotlarini  import qilgan davlatlar:

 Rossiya – 980 tonna

 Vyetnam – 541 tonna

 Litva – 254,3 tonna

 Qozogʻiston – 250,4 tonna

 Norvegiya – 117 tonna

 Latviya – 19,5 tonna

 Fransiya – 1,9 tonna

Tugmani bosing Tinglash GSpeech