Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi. 2018- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 182,7 foizni tashkil etdi. 1- aprel holatiga sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni yillar kesimida qaralganda:
2018- yilda – 50 396 ta
2019- yilda – 62 381 ta
2020- yilda – 73 655 ta
2021- yilda – 85 525 ta
2022- yilda – 92 064 ta