2022- yilning yanvar-mart markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan o`zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar tarkibida O`zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan investitsiyalar ulushi jami asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi 3,0 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, Respublika budjeti hisobidan investitsiyalar ulushi 3,0 %, Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi manbalari hisobidan investitsiyalar 0,3 % va Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan investitsiyalar ulushi 0,6 % ni tashkil etdi.