Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-fevral oylarida 12 ta xorijiy davlatlarga qiymati 5,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 3,5 mln. juft oyoq kiyimlar eksport qilgan.
Oyoq kiyimlar eksporti hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 990 639 juftga kamaygan.
2022- yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston eng koʻp oyoq kiyim eksport qilgan davlatlar:
Qirgʻiz R. – 2,5 mln. juft
Tojikiston – 598 246 juft
Qozogʻiston – 291 345 juft
Rossiya – 77 373 juft
Moldova – 26 896 juft
Gruziya – 10 836 juft
2022- yilning dastlabki ikki oyida xorijiy davlatlarga eng koʻp oyoq kiyim eksport qilgan hududlar:
Andijon viloyati – 2 mln.
Samarqand viloyati – 1,8 mln.
Fargʻona viloyati – 1,1 mln.
Toshkent viloyati – 221 ming
Namangan viloyati – 183 ming AQSH dollari