12/04/2022

   2022- yilning dastlabki ikki oyida Oʻzbekiston 14 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan. Mebel mahsulotlari eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 mln. AQSH dollariga oshgan.

   Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-fevral oylarida eng koʻp mebel mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar:

  • Qirgʻiz R. – 824 ming
  • Qozogʻiston – 350 ming
  • Tojikiston – 146 ming
  • Rossiya – 107 ming       
  • Hindiston – 89 ming
  • AQSH – 20 ming
  • Koreya – 13 ming
  • Ozarbayjon – 4,8 ming
  • Turkmaniston – 1,5 ming
  • Germaniya – 1,4 ming AQSH dollari

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech