04/04/2022

   Joriy yilning 1- aprel kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasi majlislar zalida 2022-yil 24- yanvarda tasdiqlangan Hayʼat ish rejasi hamda hududiy statistika organlarida kompleks va maqsadli o‘rganish reja jadvaliga asosan, Buxoro viloyati statistika organlarida faoliyatni tashkil etish masalalarida o‘tkazilgan kompleks o‘rganish natijalarini muhokama qilish yuzasidan qo‘mita raisi o‘rinbosari Z. Ziyayev raisligidagi ishchi guruh tomonidan Hayʼat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

   Yig‘ilishda Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig’i Buxoro viloyati statistika organlarida faoliyatni tashkil etish masalalarida o‘tkazilgan kompleks o‘rganish davomida aniqlangan yutuqlar va kamchiliklar yuzasidan axborot berib o‘tdi.

   Shu bilan birgalikda Davlat statistika qo‘mitasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshlig‘i Zokir Abduxamidov so’zga chiqib statistika organlarining faoliyati jarayonida korrupsion omillarni yuzaga kelishini oldini olish bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berib o’tdi.

   Yig‘ilishda o‘tkazilgan kompleks o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, kamchiliklarga yo‘l qo‘yib kelayotgan masʼul xodimlarga amaldagi tartibda choralar ko‘rildi.

   Yig‘ilish yakunida aniqlangan xato va kamchiliklarni kelgusida takrorlanmasligi va oldini olish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech