17/02/2022

2022- yilning 1- fevral holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 533 427 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 110,8 foizga oshgan. Jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 88,1 foizini (470 163 ta) tadbirkorlik subyektlari tashkil etgan.

Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni:

Toshkent shahri – 106 554 ta

Toshkent viloyati – 50 686 ta

Samarqand viloyati – 47 295 ta

Farg‘ona viloyati – 46 923 ta

Andijon viloyati – 41 377 ta

Qashqadaryo viloyati – 36 381 ta

Namangan viloyati – 33 602 ta

Buxoro viloyati – 31 222 ta

Surxondaryo viloyati – 28 558 ta

Xorazm viloyati – 25 234 ta

Qoraqalpog‘iston R. – 23 816 ta

Jizzax viloyati – 23 034 ta

Navoiy viloyati – 22 777 ta

Sirdaryo viloyati – 15 968 ta

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech