17/12/2021

    Joriy yilning 17- dekabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida yurtimizda ochiq maʼlumotlar sohasini yanada rivojlantirish, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash boʻyicha seminar tashkil etildi.

  Ushbu seminarga Oʻzbekiston Respublikasi Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat loyihalarini audit va ekspertiza qilish boʻlimi boshligʻi Maksumov Doniyor Mixayminovich taklif etildi.

    Seminar davomida mamlakatimizda ochiq maʼlumotlar sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr-mulohaza almashildi.

    Ochiq maʼlumotlar sohasini yanada rivojlantirishda Ochiq maʼlumotlar portalining yangi Portal versiyasi ishlab chiqildi. Portalda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi.

    Seminar davomida mamlakatimizda ochiq maʼlumotlar sohasini rivojlantirish borasida qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

    Shuningdek, davlat hokimiyati organlarining shaffofligini oshirish va "Ochiq hukumat" konsepsiyasini amalga oshirish, xorijiy investorlarga mamlakatimiz imkoniyatlari va salohiyati toʻgʻrisida axborot berish yuzasidan fikr yuritildi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech