09/12/2021

     Seminarda, Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma – axborot taxliliy ishlar bo‘limi boshlig‘i D.Saidov “Statistika fanining predmeti, metodlari va asosiy vazifalari” mavzusini ochib beruvchi fanning uslubiyati, kuzatish turlari va usullari, kuzatish natijalarini jadvallar va grafiklarda tasvirlash bo‘yicha zarur ilmiy-metodik ma’lumotlarni berib o‘tdi.  Jumladan, statistik kuzatishni rivojlantirish, statistikaning asosiy vazifasini bajarish maqsadida maxsus uyushtirilgan tekshirishlar, ro‘yxatlar, anketa orqali savol-javoblarni tashkil qilish va o‘tkazish to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

     Seminarda, statistika o‘rganilayotgan xodisa va jarayonlarni vaqt davomida o‘zgarishini ham o‘rganadi. Hodisalarning vaqt davomida o‘zgarishini ta’riflovchi statistik ko‘rsatkichlar qatori dinamika qatori deb yuritiladi. Statistik  ko‘rsatkichlar  tizimi – bu  bir-biri  bilan  o‘zaro bog‘langan  statistik  ko‘rsatkichlar  yig‘indisidir.  Statistik  ko‘rsatkichlar tizimi  ijtimoiy  hayotni  barcha  pog‘onalarini  o‘zida qamrab oladi.

      Agarda ko‘rsatkichlar  mamlakat,  hudud,  tarmoq  darajasida  hisoblansa,  ular makrodaraja ko‘rsatkichlari deyiladi. Agarda korxona, firma, oila va shu kabi darajalarda hisoblansa, mikrodaraja ko‘rsatkichlari deyiladi va va boshqa tegishli mavzular bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

      Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimi H.Fattoyev. Mamlakat fuqarolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar har qanday davlat milliy statistikasining muhim qismi sanaladi. Bunday ma’lumotlar ma’lum vaqt oralig‘ida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari orqali to‘planadi. Ular nafaqat respublika, balki Er yuzi aholisining soni, ijtimoiy holati, daromadlari kabi bir qancha muhim axborotlarni hisoblab borishga xizmat qiladi.

     BMT dunyo mamlakatlariga fuqarolar bilan yuzaga keladigan bir qator ijtimoiy muammolarning echimi hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlarning demografik ko‘rsatkichlar bilan mutanosib ravishda o‘sib borishini ta’minlash uchun har o‘n yilda kamida bir marotaba aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishni tavsiya etadi. Afsuski, yurtimizda mustaqillikdan so‘ng keng ko‘lamda aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilmagan. Shu bois, mamlakatimizda ilk bor 2023 yilda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga ayni paytda qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

     Aholini ro‘yxatga olish  mamlakat hududida millati, elatidan qat’iy nazar barcha insonlarni birlashtiradigan umummilliy tadbir bo‘lib, uning o‘tkazilishidan barchamiz, siyosiy qarashlarimiz va ijtimoiy mavqeimizdan qat’i nazar birdek manfaatdormiz. Boisi, mazkur yirik ijtimoiy tadbir orqali, birinchi navbatda, jami aholining  soni (2021 yil 1 yanvar holatiga respublika aholisi 34 558,9 ming kishi tashkil etgan), fuqaroligi, nikoh holati ya’ni rasmiy nikoh, norasmiy nikoh yoki erta nikoh, odamlarimizning ta’lim darajasi (o‘rta, o‘rta maxsus yoki oliy), yashash uchun daromad manbalari, uysizlar soni,uy xo‘jalinining yashash sharoitlari kabi bir qancha ko‘rsatkichlar bo‘yicha bugungi kunda etarlicha mavjud bo‘lmagan ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi. Shaharcha, mahalla, qishloq va ovullar soni hamda ularning chegaralari, turar joylar soni, ulardagi mavjud shart-sharoitlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aytib o‘tdi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech