30/11/2021

O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida  24 ta xorijiy davlatga qiymati 246,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 240,2 ming tonna polietilen eksport qilgan.

Polietilen eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 58,4 ming tonnaga kamaygan.

2021- yilning 10 oyida O‘zbekiston  eng ko‘p polietilen eksport qilgan davlatlar:

Turkiya – 66,6 ming tonna 

Rossiya – 48,7 ming tonna

Xitoy – 43 ming tonna

Latviya – 28 ming tonna

Qozog‘iston – 23 ming tonna

Ukraina – 16 ming tonna

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech