Sinov hududi statistika boshqarmalari tomonidan sinov tariqasida aholini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoniga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
]Eslatib o’tamiz, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Ish jarayonida xodimlarni ishga qabul qilish bo’yicha ish rejalari tuzish, ishga talabgor bo‘lgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazish va ro‘yxatlarini shakllantirish bo’yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Bundan tashqari, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida ro‘yxatga olish uchastkalariga ajratilgan bino va xonalar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, sxematik xaritalar va xonadonlarning raqamlarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Sinov tariqasida Aholini ro‘yxatga olish tadbiriga hodimlar qabul qilish va ro‘yxatini shakllantirish jarayoni qizg‘in davom etmoqda.
Matbuot xizmati